Turkiyaning qayg‘usi bizning ham g‘amimiz – Japarov

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 9 fevral kuni Turkiya Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi elchixonasiga tashrif buyurib, zilzilalar oqibatida ko‘plab qurbonlar berilgani munosabati bilan turk xalqiga shaxsan hamdardlik bildirdi. 

Davlat rahbari hamdardlik kitobiga o‘z qaydini qoldirib, Qirg‘iziston xalqi va shaxsan o‘z nomidan qardosh turk xalqiga samimiy hamdardlik va ta’ziya izhor etdi. 

U Qirg‘iziston Respublikasi dahshatli tabiiy ofatdan aziyat chekayotgan qardosh Turkiya xalqining qayg‘usiga sherik ekanini ta’kidladi. 

“Bugun zilzila ko‘plab binolarni vayron qildi, qirg‘iz xalqining qalbi ushbu tabiiy ofat qurboni bo‘lgan minglab turk birodar va opa-singillar uchun motam tutmoqda. Sizning qayg‘ularingiz bizning g‘amimizdir! 

Turk xalqi va Turkiya qalblarimizda katta o‘rin tutadi. 

Biz ajdodlarimiz an’anasiga ko‘ra, turk xalqi bilan bir ildiz, yagona tarix bilan bog‘langanimiz uchun sizlarni har doim qo‘llab-quvvatlashga, kerakli yordamni ko‘rsatishga tayyormiz. 

Qardosh turk xalqining oila a’zolari va yaqinlariga butun qirg‘iz xalqi va shaxsan o‘z nomimdan chuqur hamdardlik bildiraman. Zilzila qurbonlari tezroq sog‘ayib ketishini tilayman!”, deb yozadi Prezident Sadir Japarov.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 9 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasiga borib, ta’ziya kitobiga qayd qoldirgan edi. 

Shuningdek, Ozarbayjon va Qozog‘iston Prezidentlari Ilhom Aliyev va Qosim-Jomart To‘qayev ham o‘z mamlakatlaridagi Turkiya elchixonalariga borib, ta’ziya bildirdilar. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing