Turkiyaning armonlari ariydigan bo‘ldi. Bayden F-16 larni yuborishga hozirlik ko‘ryapti

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden yangilangan F-16 samolyotlarining Turkiyaga sotilishini ma’qulladi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per kundalik brifingda ma’lum qildi. 

“F-16 masalasidagi pozitsiyamiz juda aniq. Biz bu masalani bir necha oydan beri muhokama qilmoqdamiz. Bayden bu da’voni qo‘llab-quvvatlaydi”, deydi Jan-Per. 

AQSH Prezidenti Jo Bayden NATO sammiti yakunlari bo‘yicha Madridda o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSH Anqaraga F-16 samolyotlarini yetkazib berishi kerakligini aytdi. 

“Biz Turkiyani sotishimiz va F-16 samolyotlarini yangilashimiz kerak. Boshqa har qanday qadam AQSH manfaatlariga mos kelmaydi. Biz Kongressdan yordam olishimiz kerak va menimcha, biz bu rozilikni olamiz”, degan edi AQSH Prezidenti. 

Kecha, 5 iyul AQSH Kongressi Vakillar palatasining bir guruh senatorlari Oq uy rahbariga maktub yo‘llab,  nda Baydenning Turkiyaga modernizatsiya qilingan F-16 samolyotlarini sotish bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qilishdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 29-30 iyun kunlari NATO sammitiga borishdan oldin AQSHni F-16 qiruvchilarini yetkazib berish jarayonini kechiktirayotganlikda ayblagandi. 28 iyun kuni Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi borasida uch tomonlama hujjatga imzo chekib, AQSH bilan munosabatlarni iliqlashtirdi. Shundan so‘ng, Erdo‘g‘an va Bayden uchrashuvi o‘tkazildi. Muloqotda Turkiya rahbari paytdan unumli foydalanib, F-16 larni so‘radi. Bayden esa AQSHga qaytiboq bu masalani hal qilishga va’da berdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an F-16 Jo Bayden

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing