Turkiyaning 10 viloyatida 90 kunlik favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Turkiya parlamenti – Buyuk Millat Majlisi bugun, 9 fevral kuni Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning epimarkazi Qahramonmarashda bo‘lgan ikki vayronali zilziladan jabr ko‘rgan o‘nta viloyatda favqulodda holat joriy etish to‘g‘risidagi farmoni loyihasini ma’qulladi. 

Ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilingan hujjatga ko‘ra, tabiiy ofat zonasida favqulodda holat rejimi 2023 yil 8 fevral kunidan boshlab 90 kunlik muddatga joriy etiladi. 

Qaror Turkiya Konstitutsiyasining 119-moddasiga asoslanib, Qahramonmarash, Adana, Adiyaman, Diyorbakir, G‘oziantep, Hatay, Kilis, Malatya, Usmoniya va Shonliurfa viloyatlariga tegishli. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari 16 546 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar esa 66 132 nafarni tashkil etmoqda. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.  

Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing