Turkiyalik qiz omma oldida o‘zbek ayollarini haqorat qildi (video)

Olam

image

Turkiyalik Ummuxon O‘zden ismli qiz stendap chiqishlaridan birida omma oldida o‘zbek ayollariga nisbatan haqoratomuz so‘z ishlatdi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi munosabat bildirdi.

“Bor-yo‘g‘i bechora bir ko‘chmanchi qiziman. Ko‘chmanchi sifatida qila olmaganim ikki ish bor: biri – adolatsizlik, ikkinchisi – ulama kiprik, o‘zbek fohishalariga o‘xshayman”, degan Ummuxon O‘zden.

Bosh konsulxonaga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxon O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari sha’niga aytilgan nomaqbul so‘zlar keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. O‘zden tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar uning shaxsiy qarashlari bo‘lib, bu qardosh turk xalqining o‘zbek millatiga nisbatan munosabatini anglatmaydi.

“Shu sababdan ushbu holat ikki birodar xalqlar o‘rtasidagi oliy darajadagi do‘stlik hamda mustahkam hamkorlik aloqalariga ta’sir o‘tkazmasligiga ishonamiz”, deyiladi konsulxona xabarida.

Bildirilishicha, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan Ummuxon O‘zdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

haqorat Ummuxon O'zden o'zbek ayollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing