Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qoldi

3-sahifa

image

Turkiyaga ketgan o‘zbekistonlik yigit bedarak yo‘qolgani aniqlandi. Bu haqda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, yaqin qarindoshlarining murojaatiga ko‘ra, 2022 yil oktyabr oyida O‘zbekistondan Turkiyaga chiqib ketgan va bedarak yo‘qolgan 1999 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Doston O‘ktam o‘g‘li Norsaidov qidirilmoqda. 

U to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga (0212) 323-20-37 telefon raqami yoki uzbekconsul@yahoo.com orqali xabar berish so‘raldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ammasining taklifiga binoan Turkiyaga ishlash uchun borib, ko‘chada qolib ketgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing