Turkiyadan O‘zbekistonga uchishi rejalashtirilgan bir necha parvozlar bekor qilindi

Jamiyat

image

Bugun, 23 noyabr kuni Istanbulda kutilayotgan kuchli bo‘ron tufayli Turkish Airlines (THY) aviakompaniyasi rejalashtirgan 38 ta parvozni bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bekor qilingan reyslar orasida:

  • 10 ta ichki reyslar,
  • 28 ta xalqaro reyslar mavjud.

Aeroportning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini 10% ga cheklash haqida qaror Favqulodda holatlar bo‘yicha Meteorologiya qo‘mitasi (MADKOM) tavsiyasiga asosan qabul qilindi.

Istanbul xalqaro aeroporti mas’ullari ertangi reyslarda yana o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

“O‘z parvozingiz holatini oldindan tekshirishni va tegishli choralar ko‘rishni tavsiya etamiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyot Toshkentga yo‘naltirilgandi. “Ural” aviakompaniyasining Moskvadan Namanganga yo‘lovchi SVR2611 yo‘lovchi reysi ekipaji yetib kelish aeroportidagi tuman tufayli Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi muqobil aeroportga jo‘nab ketishga qaror qilgan. Bunga ko‘rish imkoniyatining nolga teng ekani sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing