Turkiyadagi zilzilada qancha markaziy osiyolik halok bo‘ldi va jarohatlandi?
Olam
−
10 fevral 2023
7700Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida 7,4 (ba’zi manbalarda 7,9) magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada 18 342 nafar shaxs zilzila oqibatida vafot etdi. Shuningdek, Suriyada esa 3162 nafar odam halok bo‘ldi, 5235 kishi jarohat oldi. Turkiyadagi zilzilada qancha markaziy osiyolik halok bo‘lgani va jarohatlani haqidagi ma’lumotlar ochiqlandi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.
Qozog‘iston
Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada kamida 75 ming qozog‘istonlik bo‘lishi mumkin. Qozog‘iston fuqarolari joylashgani aytilayotgan vayronalarni demontaj qilish boshlandi. Hozircha mamlakat Tashqi ishlar vazirligidan aniq ma’lumot olinmagan.
Ammo tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istonning bir fuqarosi halok bo‘lgan – u Xatay viloyatida vayron bo‘lgan uy vayronalari ostidan topilgan.
Bugun ma’lum bo‘lishicha, Antakya shahrida ikki qozog‘istonlik – Mirus Kurmashev va Adil Qodirbekov joylashgani aytilayotgan vayronalarni demontaj qilishga kirishgan. Kecha esa qozog‘istonlik ayollardan biri Sabina Mamadyarova qutqarib qolingan.
Qirg‘iziston
Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila zonasidan olti nafar qirg‘izistonlik (avvalroq 22 nafar shaxs) evakuatsiya qilingan. 9 fevral kuni ular maxsus samolyotda G‘oziantep shahridan Toshkentga uchib ketgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
O‘zbekiston
Turkiyada olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida qutqaruvchilar vayronalar ostidan 3 nafar o‘zbekistonlikni qutqarib oldi. Qutqaruvchilar Hatay viloyatida chirchiqlik 41 yoshli Asal Shotirbekovani vayronalar ostidan olib chiqib ketdi. Unga tegishli yordam berildi.
Shuningdek, Malatya viloyatida 27 yoshli Akramjon Hoshimov topilgan.
Bundan tashqari, Qahramonmarash viloyatida vayronalar ostidan yana bir O‘zbekiston fuqarosi Rashid Boybekov topilgan. Hozirda u shifoxonada.
Tojikiston
Tojikiston elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatida jabrlangan tojikistonliklar haqida ma’lumot aniqlanmagan.
Turkmaniston
Zilzila oqibatida halok bo‘lgan va jabrlangan Turkmaniston fuqarolari haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda bedarak yo‘qolgan bir necha talabalar haqida ma’lumotlar tarqalmoqda: Nazar Kemalov, Ruslan Xummedov, Arslan Babayev.
LiveBarchasi