Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
09 Sentabr 2025 11409 1 daqiqa
Shu kunlarda Turkiyaning Istanbul shahrida norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Turkiya hukumati tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida:
- joriy yilning 11 sentyabriga qadar 6 tumanda, jumladan, Beshiktosh tumani hududida (Bosh konsulxona joylashgan), ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etilgan;
- xorijiy messenjerlardan foydalanishda cheklovlar mavjud.
O‘zbekiston fuqarolariga:
- odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish;
- namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik;
- mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda Bosh konsulxonaning quyidagi raqamiga qo‘ng‘iroq qilish so‘raladi:
- +90 (212) 909 08 04.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul shahrida muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi ofisi oldida keng ko‘lamdagi namoyishlar boshlangani haqida xabar berilgan edi. Bu hodisa partiya rahbariyati, jumladan, uning sobiq Istanbul bo‘limi yetakchisi O‘zgur Chelik lavozimidan chetlashtirilib, boshqaruvni vaqtinchalik kengashga topshirganidan keyin yuz bergan.
Live
Barchasi