Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
24 Oktabr
6597Kecha, 23 oktyabr kuni Anqarada sodir bo‘lgan teraktdan so‘ng Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Bosh konsulxona tomonidan Turkiya IIV Politsiya tashkiloti vakillari bilan maslahatlashuv o‘tkazilgan va 23 oktyabr kuni Anqara shahrida sodir etilgan terrorchilik hujumi va xavfsizlik nuqtai nazaridan Turkiyaning barcha hududlarida jamoat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari kuchaytirilganligi o‘rganilgan.
Shu munosabat bilan, o‘zbekistonliklardan jamoat joylarida xushyorlikni oshirish va ehtiyot choralarini ko‘rish, ayniqsa aeroport, temir-yo‘l vokzali, avtoshohbekat, kemalar stansiyalarida, metro va boshqa jamoat transportida xavfsizlik qoidalariga amal qilishlari so‘ralmoqda.
Bundan tashqari, Turkiyadan chiqib ketish arafasida bo‘lgan fuqarolardan aeroportlarga uchish uchun qayddan o‘tish (registratsiya) vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib borish, shubhali buyumlar va shaxslar to‘g‘risida yaqin oradagi politsiya yoki xavfsizlikni ta’minlash (Özel güvenlik) bo‘linmalari xodimlariga xabar berish tavsiya etilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Anqaradagi teraktdan keyin Turkiyada xavfsizlik choralari kuchaytirilib, terroristik guruhlarning aeroportlarda teraktlar uyushtirish rejalari sababli xavf darajasi to‘q sariq darajaga ko‘tarilgan edi.
LiveBarchasi