Turkiyadagi koalitsiya hukumatlari davri abadiy tugadi – Erdo‘g‘an 

Olam

image

Bugun, 31 may kuni Anqarada nutq so‘zlagan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada joriy yilning 14 va 28 may kunlari bo‘lib o‘tgan saylovlar xalqning prezidentlik boshqaruv tizimiga ishonchini yana bir bor namoyish etganini aytdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.  

Turkiya rahbari mamlakatda Vazirlar Mahkamasi tarkibi har 3-5 oyda o‘zgarib turadigan koalitsion hukumat davri butunlay tuganini ta’kidlagan.

“Zamonaviy Turkiyadagi demokratiya darajasi dunyoning ko‘plab davlatlari orzu qilgan darajaga yetdi. Mamlakatimiz har tomonlama rivojlanib bormoqda. Turkiyaning barcha belgilangan maqsadlariga erishmaguncha, biz to‘xtamaymiz. Buning uchun hokimiyatning har uch tarmog‘i ishining uyg‘unligi juda muhim”, degan Erdo‘g‘an.

Shuningdek, Erdo‘g‘an “Turkiyaning 100 yilligi” konsepsiyasi tufayli bundan ham kuchli natijalarga erishilishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Turkiyadagi parlament saylovida “Adolat va taraqqiyot” partiyasi 268 o‘rin, “Millatchi harakat” partiyasi 50, “Qayta farovonlik” partiyasi besh o‘ringa ega bo‘lgan. Bu prezidentlik saylovida Erdo‘g‘an nomzodini qo‘llagan “Respublika ittifoqi”ning 600 o‘rinli parlamentda jami 323 o‘rinni egallaganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 28 may kuni Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tgandi. Byulletenlarning 99,43 foizini sanab chiqish natijalariga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 52,14%, muxolifat nomzodi Kamol Qilichdoro‘g‘li esa 47,86% ovoz oldi. Qayta saylangan Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘anning inauguratsiya marosimi 3 iyun kuni bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Mazkur marosimda xorijiy davlatlar rahbarlai ham ishtirok etishi aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Erdo'g'an Anqara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing