Turkiyada zilzila ortidan qariyb 300 kishi tergovga tortildi

Olam

image

Turkiya hukumati ijtimoiy tarmoqlardagi 293 akkaunt egasiga nisbatan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatgani va respublikadagi vayronkor zilzilalardan so‘ng aholi o‘rtasida vahima uyg‘otgani uchun ish ochdi. Bu haqda bugun, 15 fevral kuni Turkiya Xavfsizlik bosh boshqarmasi ma’lum qildi. 

“Ijtimoiy tarmoqlardagi 613 ta akkaunt egasi aniqlandi, ularda zilzilalar haqidagi provokatsion hisoblangan va qo‘rquv va vahima uyg‘otish maqsadida qilingan postlar mavjud. Shundan 293 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bosh prokuratura buyrug‘i bilan 78 nafar gumondor ushlani, ulardan 20 nafari hibslandi”, deyiladi bosh boshqarma xabarida. 

Bundan tashqari, rasmiylar zilzila qurbonlariga yordam bermoqchi bo‘lgan fuqarolarning pullarini firibgarlik yo‘li bilan o‘g‘irlagan 46 ta fishing saytlarini bloklash tashabbusi bilan chiqdi. Jabrlanganlarga yordam berish niqobi ostida aktivlarni o‘tkazish taklif qilingan kripto-hamyonlar va davlat idoralari sifatida namoyon bo‘lgan 15 ta ijtimoiy media akkaunti yopib qo‘yilgan.  

6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar to‘qqiz soatlik interval bilan sodir bo‘ldi. Yer silkinishlari ortidan yuzlab yerosti silkinishlari qo‘shni davlatlarda ham sezilgan, ulardan Suriya eng ko‘p zarar ko‘rgan. Turkiyada 35 mingdan ortiq odam halok bo‘lgan, 105 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing