Turkiyada zilzila qurbonlari soni yana oshdi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar qurbonlari soni 1121 kishiga yetdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vaziri Yunus Sezer turk televideniyesi orqali ma’lum qildi.  

“Ikkita zilziladan keyin 2824 ta bino vayron bo‘lgani ma’lum. 1121 kishi halok bo‘lganlar ro‘yxatida. 7634 nafar fuqarolarimiz tan jarohati oldi”, deydi u. 

Sezer avvalroq 1014 kishining o‘limi va 2824 ta binoning vayron bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, u 7, 7 magnitudali birinchi zilzila qayd etilgan kechadan beri mintaqada yana 105 ta yer silkinishi sodir bo‘lganini qo‘shimcha qildi. 

Avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 912 kishi o‘lganini e’lon qilgan, ammo bu ko‘rsatkich yana qanchaga oshishi hali aniq emasligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyada zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing