Turkiyada zilzila qurbonlari soni 8,5 mingdan oshdi 

Olam

image

Turkiya janubi-sharqida ro‘y bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 8 574 nafarga yetdi. Bu haqda “Anadolu Agency” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, jarohatlanganlar soni 49 133 nafarga yetib, vayron bo‘lgan binolar soni esa 6444 tani tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqidagi Qahramonmarash viloyatida 7,7 magnitudali zilzila yuz berdi. 

Shundan so‘ng, Turkiyaning 10 ta hududida favqulodda holat, shuningdek, mamlakatda 7 kunlik motam e’lon qilindi.

Zilziladan keyin 70 ta davlat va 14 xalqaro tashkilot Turkiyaga yordam taklif qildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Turkiyadagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida FVV qutqaruvchilari hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasi Turkiyaga jo‘natildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila qurbonlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing