Turkiyada zilzila qurbonlari 14 mingdan oshdi
Olam
−
09 fevral 2023
5901Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 14 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ma’lum qildi.
Zilziladan jabr ko‘rgan G‘oziantepda bo‘lgan Erdo‘g‘an, “Ayni damda qurbonlar soni 14 351 kishiga yetdi, 63 794 kishi jarohat oldi. 6 444 ta bino vayron bo‘ldi”, dedi.
6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 12,8 ming kishidan oshdi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.
Vayronkor zilzila qo‘shni davlatlar, jumladan, Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.
LiveBarchasi