Turkiyada zilzila qurbonlari 1,5 mingga yetdi
Olam
−
06 fevral 2023 7481 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni Turkiya janubi-sharqida yuz bergan kuchli zilzila qurbonlari soni 1498 kishiga yetdi. Bu haqda Turkiya televideniyesi Favqulodda vaziyatlar vaziri Yunus Sezer ma’lum qildi.
“Halok bo‘lganlar 1 ming 498 kishi. 8 ming 533 nafar fuqaromiz tan jarohati oldi”, deydi u.
Sezer avvalroq 1121 kishi halok bo‘lgani va 2824 bino vayron bo‘lganini xabar qilgan edi. Shuningdek, u 7,7 magnitudali birinchi zilzila qayd etilgan kechadan beri mintaqada yana 105 ta yer silkinishi sodir bo‘lganini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 912 kishi o‘lganini e’lon qilgan, ammo bu ko‘rsatkich yana qanchaga oshishi hali aniq emasligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025