Turkiyada yana bir karantin cheklovi o‘rnatildi

Olam

image

Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni ortib borayotgani sababli ba’zi karantin cheklovlari qayta joriy qilinyapti. Xususan, mamlakatda jamoat transportlarida turib ketish taqiqlandi. 

“Biz SOVID-19 bilan kasallanganlar soni ko‘payotganini ko‘rmoqdamiz. Shu munosabat bilan pandemiyaga qarshi choralar kuchaytirilmoqda. Kafe va restoranlar yanada qattiq nazorat ostiga olinadi. Hech qanday holatda jamoat transportida turgan holatda harakatlanishga yo‘l qo‘yilmaydi”, dedi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an.

Prezident niqob taqmagan va ijtimoiy masofa saqlamagan fuqarolar, qat’iy ravishda jarimaga tortilishini ta’kidladi. 

Avvalroq, Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja mamlakatda koronavirus pandemiyasining birinchi to‘lqini ikkinchi cho‘qqisiga chiqqanini aytgandi. So‘nggi bir necha kun ichida Turkiyada may va iyun oylariga nisbatan yangi kasallanish holatlari va o‘lim holatlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

Ma’lumot uchun, Turkiyada koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etilgan 11 martdan 30 avgustgacha bo‘lgan davrda ushbu virusdan 6 326 kishi vafot etgan. Qurbonlar orasida 15-24 yosh orasida bo‘lgan 10 nafar o‘smir ham bor. Ushbu davrda SOVID-19 infeksiyasidan vafot etganlarning 3 930 nafari yoki 62 foizini erkaklar, 2 396 nafari yoki 38 foizini ayollar tashkil etmoqda. 

Vafot etganlarning 4 491 nafari yoki 71 foizi 65 yoshdan kattalar. Ushbu raqamlarning 25 foizi 80 yosh va undan kattalarga to‘g‘ri kelmoqda.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya karantin

Baholaganlar

190

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing