Turkiyada o‘zbekistonlik enaga bolani beayov kaltakladi (video)
Olam
−
27 aprel 12441 1 daqiqa
Joriy yilning 25 aprel kuni Istanbulning Fotih tumanida o‘zbekistonlik tarbiyachi o‘z uyida 2 yoshli bolaga enagalik qilayotgan vaqtida uni beayov kaltakladi. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa tumanning Nishanja mahallasida sodir bo‘lgan. O‘zbekistonlik enaga boshqa bir o‘zbekistonlik fuqarolarning bolasiga qarab turgan. U bolaga qariyb 2 oydan beri o‘z uyida enagalik qilib kelgan.
Enaga bolani kaltaklayotgan vaqtda uyda bo‘lgan boshqa bir shaxs uning yig‘layotgan bolani urgani va tepganini mobil telefon kamerasiga yozib olib, politsiyaga xabar bergan. Uyga kelgan guruhlar enagani qo‘lga olgan.

Shuningdek, maxsus guruhlar uydan 7 nafar bolani topib, bolalarning 2 nafari vasiyning, qolgan 5 nafari qo‘shnilarning farzandi ekanini aniqlagan. Gumonlanuvchi politsiya bo‘limidagi protseduralardan so‘ng sud binosiga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xonadon egasining pullarini o‘g‘irlab, chaqaloqqa onasi yo‘qligidan foydalanib, turli xil jarohatlar yetkazgan enagaga sud hukmi o‘qilgan edi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr