Turkiyada o‘ldirilgan rossiyalik diplomat ishi qachon ko‘rib chiqilishi aytildi
Olam
−
30 yanvar 2021 3782 2 daqiqa
Rossiyaning Turkiyadagi sobiq elchisi Andrey Karlovni o‘ldirilishi sabab ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni joriy yilning 19 fevralida boshlanadi. Bu haqda Anqaraning o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ikkinchi sudi kecha, 29 yanvar kuni qaror chiqargan, deb xabar bermoqda TASS.
Birinchi sud eshituvi 2019 yilning 8 yanvarida Turkiya poytaxtida bo‘lib o‘tgan.
Anqara prokuraturasi 2018 yilning noyabr oyida sudga ayblov xulosasini yuborgan. Ushbu ishda 28 nafar ayblanuvchi mavjud bo‘lib, ular orasida "Fathullohchi terroristik guruh" (FETO) rahbari Fathulloh Gyulen ham bo‘lgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq davlat xizmatchisi Shohin Sogyut, go‘yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijrochiga rus diplomatini o‘ldirishni buyurgan.
Prokuratura tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlar orasida konstitutsiyaviy tuzumni buzish, qurolli terroristik guruhga a’zolik va terrorchilik maqsadida qasddan odam o‘ldirish bor.
“Prokuratura ushbu hodisani "Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarni buzishga qaratilgan provokatsion harakat”, deb ta’riflagan.
Ma’lumot o‘rnida, Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotosuratlar ko‘rgazmasining ochilishidagi nutqi paytida o‘ldirilgan, unga hujum qilgan politsiya xodimi Mevlut Mert Altintash yo‘q qilingan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisani terakt deb xulosa qilgan, Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi "Xalqaro terrorizm akti" moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘agan.
Diplomat Karlov vafotidan keyin Rossiya Qahramoni unvoniga sazovor bo‘lgan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr