Turkiyada o‘quvchi sinfdoshini otib o‘ldirdi
Olam
−
25 Oktabr
4910Bugun, 25 oktyabr kuni Turkiyaning Karaman shahridagi Haqqi Teke sport litseyining 11-sinf o‘quvchisi sport zalida do‘stini qurol bilan otib o‘ldirdi. Bu haqda Turkiyaning “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktab sport zalida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida noma’lum sababga ko‘ra janjal kelib chiqqan. O‘zaro janjal mushtlashuvga aylanganida, o‘quvchi o‘zi bilan bo‘lgan qurolni chiqarib, sinfdoshiga qarata o‘q uzgan. Yaralangan bolaga zudlik bilan yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan, bola shifoxonada vafot etgan.
“Ogohlantirishdan so‘ng maktabga politsiya va tibbiyot guruhlari jo‘natildi. Yaralangan o‘quvchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va shifokorlarning barcha yordamiga qaramay, Karaman o‘quv va tadqiqot shifoxonasida vafot etgan. Aybdor qamoqqa olingan. Voqea yuzasidan tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Tekshiruvlar natijasida aybdor o‘quvchining o‘zi bilan olib kelgan quroli Antalya politsiya boshqarmasida ishlagan va ta’tilda bo‘lgan amakisining xizmat quroli ekani aniqlangan. So‘ngra uning amakisi ham ko‘rsatma olish uchun politsiya bo‘limiga olib kelingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Istanbul shahrida 17 yoshli iroqlik muhojir o‘quv muassasasi binosida litsey direktorini otib o‘ldirgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi