Şavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi
Jamiyat
−
19:35 705 1 daqiqa
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning taklifiga binoan Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Iqlim özgarişi böyiça Hadli konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 31-sessiyasi (COP31) tadbirlarida iştirok etiş uçun 10-11 noyabr kunlari Antaliya şahrida böladi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, iqlim böyiça global sammitda davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro taşkilotlar va moliya institutlari rahbarlari hamda yuqori darajadagi delegatsiyalar iştirok etadi.
Anjuman kun tartibidan BMTning Iqlim özgarişi töğrisidagi Hadli konvensiyaning asosiy qoidalarini röyobga çiqariş, zamonaviy ekologik xatar va tahdidlarga qarşi kuraşiş hamda “yaşil” taraqqiyot maqsad va vazifalarini ilgari suriş borasida keng kölamli xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalari örin olgan.
Davlat rahbari sammitning yalpi sessiyasida nutq sözlaydi hamda qator ikki tomonlama uçraşuv va muzokaralar ötkazadi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston BMTning Hadli konvensiyasiga 1993 yilda qöşilgan. 2018 yilda mamlakat Parij bitimining iştirokçisiga aylangan.
Live
Barchasi