Turkiyada o‘chirilmagan nechta yong‘in qolgani ma’lum bo‘ldi 

Olam

image

Turkiyada so‘nggi kunlarda 200 ga yaqin o‘rmon yong‘inlari o‘chirildi yoki nazoratga olindi. Mamlakatning beshta janubiy provinsiyalarida 12 ta yong‘in davom etmoqda. Bu haqda Respublikaning O‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi xabar berdi.  

“28 iyuldan 6 avgustgacha 196 ta o‘rmon yong‘inlari nazorat ostiga olindi. Mug‘la viloyatida 7 ta, Antaliyada 2 ta, Oydin, Isparta, Denizlida bittadan yong‘in davom etmoqda”, deyilgan xabarda. 

Kecha, 5 avgust kuni Turkiyaning Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli mamlakat janubida 12 ta, shu jumladan, Antaliya va Mug‘la kurort viloyatlarida to‘qqizta yong‘in o‘chirilayotganini ma’lum qilgan. 

                                                     Turkiya olov ichida

Joriy yilning 28 iyulida Turkiyada o‘rmon yong‘inlari boshlandi. Yong‘in mamlakatning bir qancha viloyatlariga tarqalgan. Ularning ichida eng aziyat chekkani sayyohlik viloyati — Antaliya bo‘lib turibdi. Bir necha kundan beri davom etayotgan yong‘inlar oqibatida 9 kishi halok bo‘lgan va 864 dan ortiq kishi jarohatlangan. Turkiya Prezidenti zarar ko‘rgan hududlarni falokat hududi, deb e’lon qilgan.

Qayd etish kerakki, 30 iyul kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish va ularning keng tarqalishini oldini olish maqsadida mamlakatga yordam guruhlari yuborilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, UkrainaRossiya va Ispaniya ham Turkiyaga o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun yordam kuchlarini yuborgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Turkiya

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing