Lavrovning O‘zbekistonga kelishi boshqa kunga qoldirildi
Olam
−
09 yanvar 2020
4957Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov joriy yilning 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonga tashrifi kutilayotgani haqida xabar bergan edik. Biroq, tashrif kunlari o‘zgargan.
Bugun, 9 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Ikki tomonlama va xalqaro kun tartibining joriy masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Xalqaro tadbirlarning jadvalidagi ayrim o‘zgarishlar sababli Rossiya TIV rahbarining Toshkent shahriga rasmiy tashrifi sanasini 12-13-yanvardan 15-16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashqi ishlar vazirligidan qayd etilishicha, Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifining avval kelishilgan dasturidagi asosiy bandlar o‘zgarishsiz qoladi.
Tashrif doirasida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilgan.
Shuningdek, Lavrov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.
LiveBarchasi