Turkiyada to‘liq lokdaun o‘rnatilmoqda

Olam

image

Turkiyada koronavirus infeksiyasining tarqalishi kuchayib borayotgani tufayli 23-25 aprel kunlari 24 soatlik komendantlik soati o‘rnatiladi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berilgan.  

23 aprel kuni Turkiyada Milliy mustaqillik va bolalar kuni nishonlanadi. 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu munosabat bilan mamlakatda ko‘chaga chiqishni cheklash 22 aprel kuni soat 19:00 da boshlanadi va 26 aprel kuni soat 05:00 da tugaydi. 

Komendantlik soati davomida turkiyaliklar o‘z uylaridan faqat oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar, shifoxonalar va itlarni sayr qildirish uchun soat 10:00 dan 17:00 gacha chiqishlari mumkin bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani uchun Ramazon oyining dastlabki ikki haftasida karantin choralarini kuchaytirgandi.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 4,45 mlnga yetgan. 36 975 kishi kasallik qurboni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

243

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing