Turkiyada tilanchiga nasihat qilgan o‘zbekistonlik pichoqlab o‘ldirildi (video)
Olam
−
14 dekabr 2020
53226Turkiyaning Istanbul shahrida tilanchilik qilgan yigitga ishlash kerakligini aytgan 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Burhonjon Ochilov pichoqlab o‘ldirildi. Bu haqda “Hurriyet” nashri xabar berdi.
Hodisa Moltepa tumani "Fayzulloh" mahallasida yuz bergan. Tilanchilik bilan kun kechiradigan 27 yoshli Badir G. alkogolli ichimlik olish uchun Ochilovdan pul so‘ragan. O‘zbekistonlik migrant esa unga shunday javob bergan:
“Men mamlakatimdan kelib, muhojirlikda ishlayapman. Sen kelib pul so‘rayapsan, uyalmaysanmi? Bor ishla”.
Buning ortidan chiqqan mojaro janjalga aylangan. Bedir Ochilovning ko‘ksiga pichoq bilan zarba bergan.
Shifoxonaga yotqizilgan Ochilov barcha choralar ko‘rilganiga qaramay, vafot etgan. Politsiya Bedir G.ni tezda qo‘lga olgan.
LiveBarchasi