Turkiyada OAVni elakdan o‘tkazadigan qonun kuchga kirdi

Olam

image

Turkiyada ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda dezinformatsiya sifatida tan olinadigan xabarlar uchun 3 yilgacha qamoq jazosini nazarda tutuvchi qonun kuchga kirdi. Qonun matni bugun, 18 oktyabr kuni “TC Resmî Gazete”da e’lon qilindi. 

Amaldagi Jinoyat kodeksining 29-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, unga ko‘ra, “Aholini xavotirga solish, qo‘rquv yoki vahima qo‘zg‘atish maqsadida yolg‘on ma’lumotni ommaviy ravishda tarqatgan shaxs birdan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”. 

Tegishli qonun loyihasi Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi tashabbusi bilan parlamentga kiritilgan. 

Muxolifat qonun loyihasi umume’tirof etilgan konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarni buzayotgani, senzuraning ko‘rinishi ekanligini bir necha bor ta’kidlab, uni parlament ko‘rib chiqishdan olib tashlashni talab qilgan. Bunga javoban Erdo‘g‘anning partiyasi qonun loyihasini qabul qilishdan maqsad “jamiyatni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda hokimiyatga nisbatan noto‘g‘ri ma’lumotlar va yolg‘on ayblovlardan himoya qilish” ekanligini ta’kidladi. 

Muxolifatga ko‘ra, hukumat 2023 yil iyun oyida Turkiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumiy saylovlarda g‘alaba qozonishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ma’muriy resurslardan foydalanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing