Turkiyada mushuklarni kislota bilan o‘ldirgan erkak 8 yilga qamaldi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahri Eyupsulton tumanida mushuklarni kislota bilan jarohatlab, ularni o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi va u 8 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda DHA xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Murat O‘zdemir ismli gumonlanuvchi 2023 yilning iyul oyida ko‘cha mushuklarini kislota bilan jarohatlagan. Oqibatda jonivorlarning tanasi kuyib ketgan. Erkak bu ishini juda ko‘p vaqtdan beri qilib kelayotgani aniqlangan va u sirtdan qamoqqa olingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Istanbul shahar sudi tomonidan Murat O‘zdemirning sudlanganligi bo‘yicha qaror chiqarildi. Istanbul birinchi instansiya sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida Istanbul Advokatlar uyushmasi Hayvonlar huquqlari markazi advokatlari va Eyupsulton tuman hokimligi advokati ishtirok etgan. Hibsdagi sudlanuvchi Murat O‘zdemir va uning advokati sud majlisida qatnashmagan. Sudlanuvchining himoyasi olinmagan bo‘lsa-da, shikoyatchining advokati sudlanuvchini jazolashni talab qilgan.

Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan ayblov xulosasida gumondor Murat O‘zdemirga hayvonga nisbatan qiynoqqa solish yoki shafqatsiz munosabatda bo‘lish jinoyati uchun 7 oy 15 kundan 5 yil 3 oygacha qamoq jazosiga hukm qilinishi so‘ralgan edi.

Sud Murat O‘zdemirni “birdan ortiq uy hayvonlarini qasddan o‘ldirish” aybi bilan 4 yil 6 oy qamoq jazosiga, “birdan ortiq hayvonlarini qiynoqqa solgan yoki shafqatsiz muomala qilgani” uchun 3 yil 9 oy qamoq jazosiga, jami 8 yil 3 oy qamoq jazosiga hukm qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda it va mushuklarni pnevmatik qurol bilan otgan erkak qamalgandi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga ayol murojaat qilgan. Unga ko‘ra, uning mushugi tanasida jarohat bilan uyga qaytgan. Ayol ertasi kuni mushugini veterinariya klinikasiga olib borgan. O‘tkazilgan rentgen tadqiqotlarida jonivor tanasiga pnevmatik qurol yordamida jarohat yetkazilganini taxmin qiluvchi elementlar aniqlangan. Shundan so‘ng jonivorni zudlik bilan operatsiya qilish haqida qaror qabul qilingan.

Oradan vaqt o‘tib, ayol o‘z qo‘shnisini qo‘lida pnevmatik qurol bilan ko‘rganligi, u bilan ko‘chadagi mushuk va itlarni nishonga olayotganligining guvohi bo‘lganini aytgan. Qo‘shnisi ayol bilan telefon muloqoti paytida haqiqatan ham it va mushuklarni pnevmatik quroldan otganini tan olgan. Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi aybdor ayolni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismi (Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish) bo‘yicha aybdor deb topgan va unga nisbatan 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilagan.


Maqola muallifi

Teglar

mushuk kislota Eyupsulton tumani Murat O'zdemir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing