Turkiyada milliy motam e’lon qilindi
Olam
−
02 avgust
54678HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilishi ortidan Turkiyada bir kunlik motam e’lon qilindi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qildi.
U ushbu qarorni Falastin masalasini qo‘llab-quvvatlash va ular bilan birdam ekanligini ko‘rsatish maqsadida qabul qilganini urg‘ulagan. Shuningdek, Turkiya rahbari Ismoil Xoniyaning vafoti munosabati bilan o‘zi va millati nomidan Falastin xalqiga hamdardlik bildirgan.
Prezident Erdo‘g‘anning postida o‘zi imzolagan Milliy motam deklaratsiyasiga oid qaror ham o‘rin olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Tashqi ishlar vazirligi Ismoil Xoniyaning Tehronda o‘ldirilganini keskin qoralab chiqqan edi. Bugun, 2 avgust kuni marhum Qatar poytaxti Doha shahrida dafn qilinadi.
LiveBarchasi