Turkiyada mashinalar ko‘prikdan qulab tushdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Turkiyaning Shonliurfon viloyatida yuk mashinasi va bir necha avtomobilning ko‘prikdan qulab tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, yana 22 kishi jarohat oldi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Telekanalga ko‘ra, hodisa kecha, 2 fevral kuni mahalliy vaqt bilan 21:30 da Birejik tumanida yuz bergan. Yuk mashinasining tormoz tizimi ishdan chiqqan va oqibatda u oldinda harakatlanayotgan avtomobillarga borib urilgan hamda ular bilan birga Yevfrat daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prikdan qulab tushgan.

Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan va jarohatlanganlarning barchasi Turkiya fuqarolari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus jarlikka qulab tushishi oqibatida 23 yo‘lovchi halok bo‘lgan edi. Avtohalokat Alagoas shtati hududida yuz bergan. Avtobusda 50 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan va ulardan biri – homilador ayol shifoxonada vafot etgan. Avtobus yo‘lovchilarni tog‘li hudud orqali Kilombu Palmaris xotira parkidagi tadbirlarda ishtirok etish uchun olib ketayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Turkiya Shonliurfon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing