Turkiyada koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi

Olam

image
Saudiya hukumati al-Haram va an-Nabaviyadan boshqa masjidlarda namoz o‘qishni taqiqladi north_east

Saudiya hukumati al-Haram va an-Nabaviyadan boshqa masjidlarda namoz o‘qishni taqiqladi

Bugun, 18 mart kuni Turkiyada koronavirusdan ilk o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja ma’lum qildi.

“Biz koronavirusga qarshi kurashda bemorni yo‘qotdik. Xitoyda kasal yuqtirgan odam bilan muloqotda bo‘lgan 89 yoshli bemor vafot etdi. Hozirda jami bemorlar soni 98 nafarga teng”, degan vazir.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada koronavirus bilan kasallanishning ilk holati joriy yilning 11 mart kuni qayd etilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 198 730 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 82 779 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 7989 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya koronavirus

Baholaganlar

465

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing