Saudiya hukumati al-Haram va an-Nabaviyadan boshqa masjidlarda namoz o‘qishni taqiqladi

Olam

−

image

Saudiya Arabistoni hukumati koronavirusning mamlakat bo‘ylab tarqalib ketishining oldini olish uchun qirollik bo‘ylab juma va boshqa namozlarni masjidlarda o‘qishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda “Al-Arabiyya” telekanali ma’lum qildi.

Diniy ibodatlar musulmon olamidagi eng yirik ikki masjid – Makkadagi Masjid al-Haram va Madinadagi Al-Masjid an-Nabaviyadagina taqiqlanmadi.

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan bog‘liq 171 ta holat aniqlandi. Hozirgacha bemorlarning 6 nafari davolangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 198 730 kishida koronavirus aniqlangan. Ularning 82 779 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan, 7989 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing