Turkiyada hujjat va pullarini o‘g‘irlatgan sayyoh ayol O‘zbekistonga qaytarildi (video)
Olam
−
05 Oktabr
4368Turkiyaning Istanbul shahriga sayyoh bo‘lib borgan va hujjatlari bilan pullarini o‘g‘irlatgan 74 yoshli ayol kecha, 4 oktyabr kuni O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Bosh konsulxonaga kecha soat taxminan 20:05 da 74 yoshli fuqaro K.G. Istanbulda pulsiz va hujjatsiz qiyin ahvolda qolgani sababli O‘zbekistonga qaytishda yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 27 sentyabr kuni ayol Toshkentdan Istanbulga sayyoh sifatida uchib kelgan va shu yilning 4 oktyabr kuni Turkiyadagi savdo shoxobchalarining birida o‘ziga tegishli bo‘lgan hamyonini o‘g‘irlatib qo‘ygan.
Bosh konsulxona murojaatchining yoshi va qo‘lida qaytish chiptasi borligini inobatga olib, zudlik bilan vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirib, fuqaroni aeroportga kuzatib qo‘ygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq turli sabablar tufayli Turkiyaning Istanbul shahrida ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan uch nafar voyaga yetmagan bolalar O‘zbekistonga olib kelingandi.
LiveBarchasi