Turkiyada qayiq cho‘kib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
30 yanvar 2024 7899 1 daqiqa
Izmir viloyatining Dikili tumanida baliqchilar qayig‘i cho‘kib ketdi oqibatda 3 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 30 yanvar kuni “Milligazete” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bortida 10 kishi bo‘lgan qayiq Salihleralti sohilida cho‘kib ketgan. Sohil xavfsizlik qo‘mondonligi guruhlari voqea joyiga yetib borgan. Falokat oqibatida 3 kishi vafot etgan, 5 nafari qutqarib qolingan, yana ikki nafar shaxs qidirilmoqda. Izmir gubernatori Sulaymon Elban ham voqea joyiga yetib borgan.
Uning bayonotiga ko‘ra, halokatdan so‘ng, 12-13 daqiqa ichida qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan. Shuningdek, Dikili davlat shifoxonasiga yotqizilgan 5 kishining ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Niderlandiyada 3000 ta mashina yuklangan kema yonib ketgan edi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr