Turkiyadagi metallurgiya zavodida portlaş sodir böldi. Qurbonlar bor
Olam
−
19:26 619 2 daqiqa
Turkiyaning ğarbiy qismidagi metallurgiya zavodida yuz bergan kuçli portlaş va yonğin oqibatida olti kişi halok böldi, yana sakkiz nafar işçi vayronalar ostida qolgan bölişi mumkin. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Hodisa bugun, 9 noyabr kuni Izmir viloyatining Aliağa tumanida joylaşgan HABAS metallurgiya zavodida sodir bölgan. Viloyat gubernatorligi ma’lumotiga köra, portlaş oqibatida yana 13 kişi jarohatlangan, ulardan ikki nafari oğir ahvolda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, fojia suyuq pölat quyiş jarayonida yuz bergan. Şu paytda zavoddagi köpriksimon kran uzilib, eritiş peçiga tuşgan. Portlaşdan keyin korxona hududida kuçli yonğin çiqqan.
Ayni vaqtda vayronalar ostida qolgan işçilarni qutqariş işlari olib borilmoqda. Izmir gubernatorligi hodisa yuzasidan tergov boşlanganini ma’lum qilgan. Işni örganiş uçun tört nafar prokuror jalb etilgan.
Izmir şahar hokimi Jamil Tugay qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni vayronalar töliq tozalangandan keyingina ma’lum bölişini bildirgan.
Ma’lumot uçun, HABAS zavodi 1987 yilda taşkil etilgan bölib, yiliga 4,5 million tonna pölat işlab çiqariş quvvatiga ega.
Eslatib ötamiz, avvalroq Turkiyaning şimolidagi kömir konida portlaş sodir bölişi oqibatida ikki nafar işçi halok bölgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi