Turkiyada ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 23 kishi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya maxsus xizmatlari ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlangan 23 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

“Mamlakatning yetti viloyatida o‘tkazilgan amaliyotlar doirasida ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinib, 23 kishi qo‘lga olindi”, deb yozdi vazir X'dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘lga olinganlarning aksariyati – 10 nafari Suriya bilan chegaradosh Hatay viloyatida ushlangan.

“2023 yil 1 iyundan 2024 yil 22 aprelgacha Turkiyada ISHIDga qarshi 1422 ta operatsiya o‘tkazildi, 2991 kishi qo‘lga olindi, ulardan 718 nafari terrorchilik faoliyati uchun hibsga olindi”, deya ta’kidladi Ichki ishlar vaziri.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya shimoli-g‘arbidagi Sakarya viloyatida 31 mart kuni bo‘lib o‘tgan munitsipal saylovlar oldidan teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 33 kishi ushlangandi. Keyinchalik Turkiya maxsus xizmatlari ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlangan 51 kishini qo‘lga oldi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olinganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing