Turkiyada ISHID’ga aloqadorlikda gumonlangan 47 kishi qo‘lga olindi
Olam
−
19:21
682Turkiyaning 5 viloyatida terror tashkilotiga qarshi olib borilgan “GÜRZ-29” operatsiyalarida ISHIDga aloqadorlikda gumon qilingan 47 nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Turkiya Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Anqara, Istanbul, Mardin, Samsun va Sakarya viloyatlarida Bosh prokuratura hamda Xavfsizlik bosh boshqarmasi, v iloyat politsiya boshqarmalari mudirliklari tomonidan ISHID terror tashkilotiga qarshi “GÜRZ-29” amaliyotlari uyushtirilgan.
“Terrorizm insoniyatning umumiy dushmanidir. Faoliyatimiz aziz xalqimizning birligi, hamjihatligi va birodarligi uchun uzluksiz davom etadi. Operatsiyalarni muvofiqlashtirgan Bosh prokuraturamiz va operatsiyani amalga oshirgan qahramon politsiyamizni tabriklayman. Xalqimizning duosi siz bilan”, deb yozgan Ali Yerliqoya
Reydlar davomida mutasaddi idoralar tomonidan litsenziyasiz o‘qotar qurollar, tashkiliy hujjatlar va raqamli materiallar musodara qilingan. Qo‘lga olingan shaxslarni tergov qilish, dalillar yig‘ish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Istanbul Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi teraktlar tayyorlashda va ISHID’ga a’zolikda gumon qilingan 12 kishini qo‘lga olib, juda ko‘p miqdorda raqamli materiallar, litsenziyasiz qurol, 13 dona o‘qni musodara qilgan edi.
Quvondiqov Diyorjon
LiveBarchasi