Istanbulda terakt tayyorlashda gumonlangan 12 kishi ushlandi

Olam

image

Istanbul Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi  teraktlar tayyorlashda va ISHIDga a’zolikda gumon qilingan 12 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Turkiyaning TRT Haber nashri xabar berdi. 

“Manzillarda o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida juda ko‘p raqamli materiallar, litsenziyasiz qurol, 13 dona o‘qlar topilgan. Gumonlanuvchilar tergov qilish uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Ular Turkiyada teraktga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Qayd etish joizki, so‘nggi paytlarda Turkiyada bu kabi holatlar ko‘p uchramoqda. Masalan, o‘tgan oyda ham Istanbulda politsiya portlovchi moddalar yordamida terakt tayyorlayotgan ISHID terrorchilik tashkilotining ikki tarafdorini qo‘lga olgandi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilardan biri internetdan portlovchi moddalar va bomba yig‘ish yo‘llari haqidagi ma’lumotlarni qidira boshlaganidan so‘ng uni kuzatishni boshlagan. Shundan so‘ng politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyida Turkiya Ichki ishlar vazirligi 176 nafar “Kurdiston ishchilar partiyasi” terror tashkiloti a’zosini qo‘lga olgandi. Ularning yashash joylarida o‘tkazilgan tintuvlar chog‘ida narkotik moddalar, o‘qotar qurollar va terrorchilik faoliyatini tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

Diyorjon Quvondiqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Istanbul terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing