Turkiyada irqchilikda ayblangan Mourinoga jazo tayinlandi
Sport
−
28 fevral
3319“Fenerbaxche” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino ”Galatasaroy”ga qarshi o‘yindan keyin futbolchi va murabbiylarni maymunga o‘xshatgani uchun 42.5 ming yevro jarimaga tortilib, 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Turkiya futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy 42,5 ming yevro jarimaga tortildi. Shuningdek, Mourino jami 4 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Ikkita o‘yin – ratsizm uchun, yana ikki o‘yin – sloveniyalik hakam Slavko Vinchich sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatilgani uchun ekani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mourino “Galatasaroy”ga qarshi o‘yindan keyin jamoa murabbiylari va zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilarni maymunga qiyoslagani sabab sudga berilgani haqida xabar qilingandi.
LiveBarchasi