Turkiyada erkak dastlab xotinini, keyin o‘zini otib o‘ldirdi (video)
Olam
−
26 aprel 2025 15105 1 daqiqa
Turkiyaning Alacham tumanida erkak dastlab turmush o‘rtog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda “Gazete Gerçek” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli Jengiz Altinel ismli erkak yaqinda ajrashishi kerak bo‘lgan 32 yoshli xotini Pinar Altinel bilan ko‘rishib, u bilan gaplashib olmoqchi bo‘lgan. Gaplashib olish uchun yoqilg‘i quyish shoxobchasining restoran qismiga borgan. Er-xotin o‘rtasidagi janjal tezda qurolli hujumga aylangan. Jengiz Altinel o‘zi bilan olib borgan qurol bilan rafiqasini otib o‘ldirgan, keyin esa o‘sha qurol bilan o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisaga guvoh bo‘lgan atrofdagilarning xabar berishi bilanoq voqea joyiga sog‘liqni saqlash va politsiya guruhlari yetib borgan. Tergov natijasida er-xotin voqea joyida vafot etgani aniqlangan.
Er-xotinning farzandlari bo‘lmagan. Hozirda voqeaning asl sabablari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahri Kartal tumanida 28 yoshli o‘zbekistonlik ayol moliyaviy qiyinchiliklar tufayli yuzaga kelgan janjal chog‘ida erini pichoq bilan yaralab, uni o‘ldirganlikda gumonlanib, ushlangani haqida xabar berilgandi. Keyinchalik marhum erkak ayolni bo‘g‘ayotgan paytda orqa tomondan pichoq bilan jarohatlangani va bu uni boshqa shaxs tomonidan pichoqlangan bo‘lishi ehtimolini istisno etmasligi aytildi.
Live
Barchasi