Turkiyada “Buxoro” masjidi ochildi

Jamiyat

image

Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Dunyo” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, masjidga Turkiyaning murakkab davrlardan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorchilik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berilgan.

Yangi maskan 3200 ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlikning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Anqara shahriga rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulning Bakirko‘y tumanida o‘zbek maktabi qurilishini boshlab bergandi.

Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Hatay viloyatida O‘zbekiston tomonidan barpo etilgan  “O‘zbekiston” turarjoy majmuasining ochilish marosimida ham ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Buxoro masjid Hatay

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing