Turkiyada 90 soat vayronalar ostida qolgan 10 kunlik chaqaloq va 10 yoshli qizaloq qutqarildi (video)
Olam
−
10 fevral 2023
14249Turkiyada 10 kunlik chaqaloq va uning onasi hamda 10 yoshli qizaloq vayronalar ostidan olib chiqildi. Bu haqda “Haberturk” xabar berdi.
Turkiyaning 10 viloyatini qamrab olgan Qahramonmarashdagi zilzilalardan eng ko‘p jabr ko‘rgan Hatay viloyatida Yag‘iz Ulash ismli 10 kunlik chaqaloq va uning onasi qutqarib olingan.
Qayd etilishicha, ular vayronalar ostida 90 soatdan ortiq vaqt qolib ketgan.
Shuningdek, ushbu viloyatda 90 soat o‘tib vayronalar ostidan 10 yoshli qiz chiqarib olingan. Qizchaning ismi Hilol Bilgi bo‘lib, u zambilda olib ketilgan va shifoxonaga yuborilgan.
Ma’lum qilinishicha, qiz qutqaruvchilardan vayronalar ostidan olib chiqilgach, darhol sut berishni so‘ragan.
“Yerelin Gundemi”ning yozishicha, 32 soatlik vayronalarni tozalashdan so‘ng qutqaruvchilar beton blok bilan qisilgan bolaning qo‘lini ko‘rgan. Ular uni qo‘lini kesishga qaror qilishgan, chunki blokni ko‘tarishga urinish qizni o‘ldirishi mumkin bo‘lgan.
Hilolning yaqinlari operatsiyaga ruxsat bergan. Qizning onasi, otasi, uchta ukasi va opasi vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya va Suriyadagi zilzilalarda omon qolgan bolalar haqida ma’lumot bergan edik.
LiveBarchasi