Turkiyada 51 kishi ISHIDga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiya maxsus xizmatlari ISHID terrorchilik guruhi bilan aloqadorlikda gumonlanib, 51 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ma’lum qildi.

“21 viloyatda to‘rt kun davomida o‘tkazilgan amaliyotlar doirasida 51 kishi ISHID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi”, deb yozdi vazir X’dagi sahifasida.

Ali Yerliqoyaning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p hibsga olinganlar (10 kishi) Anqarada. Tezkor tadbir davomida ISHID faoliyatiga oid muhim miqdordagi hujjatlar va raqamli axborot vositalari qo‘lga olindi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta boshida Turkiya Ichki ishlar vazirligi ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan 147 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida respublikada terrorchilik tashkilotining tarafdori deb gumonlangan 3 mingga yaqin kishi qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Turkiya shimoli-g‘arbidagi Sakarya viloyatida bugun, 31 mart kuni bo‘lib o‘tayotgan munitsipal saylovlar oldidan teraktlar tayyorlashda gumon qilingan 33 kishi qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

IShID Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing