Turkiyada 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi

Olam

image

Bugun, 20 may kuni Turkiyaning Malatya viloyatida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Habertürk” xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da Malatyaning Battalgazi tumanida yuz bergan.

“Kuchli zilzila bo‘ldi. Biz uning 4,4 km chuqurlikda ekanligini bildik. Hozircha hech qanday xabar olmadik. Biz uni juda kuchli his qildik”, dedi Malatya shahar meri Sami Er.

Zilzila nafaqat Malatyada, balki Gaziantep, Elazig‘ va Adiyaman kabi qo‘shni hududlarda ham sezilgan. Hozircha qurbonlar yoki jiddiy talafotlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) hamda Kandilli rasadxonasi hududdagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda. Mutaxassislar ehtimoliy takroriy yer silkinishlari bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila Malat'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing