Umid tugaganda, mo‘’jiza yuz beradi. Izmirda 3 yashar qizaloq zilziladan 65 soat o‘tib, tirik qutqarildi (video)

Olam

Turkiyada kecha, 2 noyabr kuni Izmirdagi zilziladan 65 soat o‘tib, vayronalar ostidan qizaloq qutqarib olindi. Hodisa aks etgan video butun dunyoga tarqaldi.

Egey dengizidagi 6,6 balli zilziladan 65 soat o‘tib, Bayroqli tumanida 3 yoshli Elif Perinchek yaralangan holda ko‘p qavatli uy vayronalari ostidan chiqarib olingan.

Qizaloqning qariyb 3 kundan keyin vayronalar ostidan tirik qutqarlishi mo‘jiza deya baholanyapti. Turkiya OAV bunga shunday tarif bergan: "Umidlar tugaganda, mo‘jiza yuz beradi".

“Hayot yana bir marta g‘olib bo‘ldi. 65 soatdan so‘ng oramizga qaytgan 3 yoshli Elif qizimiz hayotga yana “salom” dedi. Qutqaruvchilarga tashakkur”, degan Turkiya Sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Ko‘ja holatga munosabat bildirib.

Eslatib o‘tamiz, 6,6 balli zilziladan jiddiy talafot ko‘rgan Izmirda hozirgacha 100 kishi vafot etdi. Jabrlanganlar soni 994 nafar.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya zilzila

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing