Turkiyada 11 kishi prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun ariza berdi
Olam
−
22 mart 2023 5355 2 daqiqa
Kecha, 22 mart kuni Turkiya Oliy saylov komissiyasi (OSK) 11 nomzoddan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qildi. Bu haqda OSK bayonotida aytiladi.
Siyosatchilar saylovda ishtirok etish uchun avvalroq ariza bergan. Komissiya ularni o‘rganib chiqdi va bu shaxslarning 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik raqobatida ishtirok etishi uchun qonuniy asoslari bor, degan qarorga keldi. 27 martga qadar nomzodlarning har biri yakuniy ko‘rsatish uchun OSKga 100 000 saylovchilar imzosi bo‘lgan bayonnomalarni taqdim etishi kerak.
Tasdiqlangan nomzodlar orasida "Ona Vatan" partiyasi rahbari Dog‘u Perinchek, "Vatan" partiyasi raisi Muharram Inje, Otaturkchilar ittifoqidan nomzod Sinan Ogan, "Yangi farovonlik" partiyasi raisi Fotih Erbakan ham bor.
22 mart kuni ertalab Turkiya Prezidenti Toyib Erdo‘g‘an OSKga bo‘lajak saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun rasman ariza berdi. Uning nomzodi haqidagi bayonotni komissiyaga hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi va hukmron partiya bilan ittifoqdosh bo‘lgan “Millatchi Harakat” partiyasining parlamentdagi fraksiyalari vakillari taqdim etgan. Hujjatlar OSK tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Ayni paytda, “Ozodlik va birdamlik” partiyasi Erdo‘g‘anning prezidentlik poygasida ishtirok etishi mumkinligi yuzasidan Oliy saylov komissiyasiga e’tiroz bildirdi. Partiya amaldagi prezident nomzodi qonun bilan taqiqlangan 2014 va 2018 yillardagi saylovlardan keyin uchinchisi bo‘ladi, deb hisoblaydi. Avvalroq, “Adolat va taraqqiyot” partiyasi 2017 yilda prezidentlik tizimiga o‘tish bo‘yicha konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, amalda prezidentning vakolatlari nolga tenglashtirilganini aytib, bu muhokamaga allaqachon nuqta qo‘ygan edi. E’tiroz bildirgan partiya esa konstitutsiya Erdo‘g‘anga yana oliy lavozim uchun kurashishga hali ham ruxsat bermaydi, deb hisoblaydi.
Turkiyada parlament saylovlari bilan bir qatorda 14 may kuni prezidentlik saylovlari ham bo‘lib o‘tadi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun davlat rahbari lavozimiga nomzod 50 foizdan ortiq ovoz to‘plashi kerak. Aks holda, ikkinchi bosqich bo‘lib o‘tadi, unda birinchisida eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan ikki nomzod ishtirok etadi. Avvalgi prezidentlik saylovlari 2018 yil 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan edi. Erdo‘g‘an 52,6% ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi.
Live
Barchasi