Turkiya prezidentligiga nomzodlardan biri “o‘yin”dan chiqdi

Olam

image

Turkiyada prezidentlik poygasi ishtirokchisi Muharram Inje saylovga uch kun qolganida o‘z nomzodini qaytarib oldi. Inje o‘zining “Vatan” partiyasi idorasi oldida o‘tkazilgan matbuot anjumanida prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortganini aytdi. Bu haqda “Haberturk” nashri ma’lum qildi

Injening aytishicha, u so‘nggi 45 kun ichida tuhmat va yolg‘on ayblovlar oqimiga duchor bo‘lgan. Sobiq nomzod shu sababdan ham prezidenltik sayloviga nomzodini qaytarib olmoqchi ekanini bildirgan.

“Tuman va viloyat hokimliklarida ishladim, besh muddat deputat bo‘ldim, prezidentlikka nomzod bo‘ldim, partiya tuzdim. Ammo so‘nggi 45 kun ichida ko‘rganlarimni hech qachon ko‘rmaganman”, deydi u.

Muharram Inje, shuningdek, saylovchilarni parlament saylovlarida “Vatan” partiyasiga ovoz berishga chaqirgan.

Qayd etish joiz, endilikda Turkiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Kamol Qilichdoro‘g‘li va Sinan Ogan ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyada ijtimoiy tadqiqot markazlari odamlar orasida so‘rovnomalar o‘tkazmoqda. Kutilayotgan saylovlardan ikki hafta oldin muxolif saylovchilar Kamol Qilichdoro‘g‘li atrofida birlashish tendensiyasini ko‘rsata boshlagan. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Qilichdoro‘g‘li birinchi tur taqsimotida 47,4 foiz ovoz bilan Erdo‘g‘andan 3 ball oldinga chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Rajab Toyib Erdo'g'an Turkiyada saylov Muharrem Inje

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing