AQSH, Xitoy, Britaniya... Rivojlangan davlatlarda Qilichdoro‘g‘li Erdo‘g‘anni ortda qoldirdi
Olam
−
15 may 2023
14737AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Baxrayn qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Estoniya, Italiya, Yaponiya, Ummon sultonligi, Ispaniya, Singapur, Irlandiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Shveysariyada yashayotgan turkiyaliklarning ko‘p qismi kecha, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan prezident saylovida amaldagi davlat rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘anning asosiy raqibi “Jumhuriyat xalq” partiyasidan nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan. Bu ma’lumotlar xorijiy mamlakatlarda o‘tgan ovoz berish jarayonlaridan keyingi e’lon qilingan axborotnomada aytilgan.
Xususan, Birlashgan Arab Amirliklarida 1680 kishi yoki ovoz berganlarning 31,5 foizi Erdo‘g‘an nomzodini yoqlagan. 48 kishi yoki 0,9 foiz ovoz beruvchi Muharram Injeni tanlagan. Kamol Qilichdoro‘g‘li tarafdorlari esa Erdo‘g‘annikidan ikki baravar ko‘p: 3488 ta ovoz yoki 65,5 foiz.
Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan Qirolligida ham Qilichdoro‘g‘lining tarafdorlari ko‘proq yashayotgani ma’lum bo‘ldi. Natijalar quyidagicha:
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 11112 ta ovoz (18,2 foiz);
- Muharram Injega – 870 ta ovoz (1,4 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 48163 (79 foiz);
- Sinan Og‘anga – 800 ta ovoz (1,3 foiz).
Amerika Qo‘shma Shtatlarida esa Kamol Qilichdoro‘g‘lining qo‘li katta farq bilan baland kelgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 7631 ta ovoz (16,7 foiz);
- Muharram Injega – 634 ta ovoz (1,3 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 36328 (79,8 foiz);
- Sinan Og‘anga – 914 ta ovoz (2 foiz).
Janubiy Koreyadagi natijalarda ham Kamol Qilichdoro‘g‘li peshqadamligini ko‘rish mumkin.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 91 ta ovoz (17,2 foiz);
- Muharram Injega – 14 ta ovoz (2,6 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 398 (75,5 foiz);
- Sinan Og‘anga – 24 ta ovoz (4,5 foiz).
Estoniyadagi vaziyat boshqa mamlakatlardagidan ancha og‘irroq. Bu yerda ovoz bergan turklarning bor-yo‘g‘i 25 nafari amaldagi davlat rahbari Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlagan, xolos.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 25 ta ovoz (3,7 foiz);
- Muharram Injega – 10 ta ovoz (1,5 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 605 (91,5 foiz);
- Sinan Og‘anga – 21 ta ovoz (3,1 foiz).
Gruziyadagi vaziyat esa quyidagicha:
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 315 ta ovoz (31,3 foiz);
- Muharram Injega – 12 ta ovoz (1,1 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 639 (63,5 foiz);
- Sinan Og‘anga – 39 ta ovoz (3,8 foiz).
Avstraliyada yashayotgan turklar ham ko‘pchiligi Qilichdoro‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 7030 ta ovoz (42,3 foiz);
- Muharram Injega – 222 ta ovoz (1,3 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 9099 (54,8 foiz);
- Sinan Og‘anga – 247 ta ovoz (1,4 foiz).
Bahrayn qirolligida yashayotgan turklarning ham katta qismi Erdo‘g‘andan ko‘ra Qilichdoro‘g‘li prezidentlikka kelishini yoqlagan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 217 ta ovoz (24,2 foiz);
- Muharram Injega – 5 ta ovoz (0,5 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 651 (72,8 foiz);
- Sinan Og‘anga – 21 ta ovoz (2,3 foiz).
Xitoyda ham vaziyat “Jumhuriyat xalq” partiyasi vakili foydasiga hal bo‘lgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 255 ta ovoz (24,7 foiz);
- Muharram Injega – 5 ta ovoz (1,1 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 9099 (54,8 foiz);
- Sinan Og‘anga – 247 ta ovoz (1,4 foiz).
Italiyada Erdo‘g‘anga 2424 kishi, Qilichdoro‘g‘liga 7474 kishi ovoz bergan. Qolgan saylanuvchilarning umumiy ovozi 223 tani tashkil etgan.
Yaponiyada Qilichdoro‘g‘li Erdo‘g‘andan qariyb ikki baravar ko‘p ovoz yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 966 ta ovoz (33,1 foiz);
- Muharram Injega – 58 ta ovoz (1,9 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 1800 (61,6 foiz);
- Sinan Og‘anga – 94 ta ovoz (3,2 foiz).
Ummon sultonligida 643 nafar saylovchi ovoz bergan. Natijalar quyidagicha:
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 198 ta ovoz (30,7 foiz);
- Muharram Injega – 10 ta ovoz (1,5 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 420 (65,3 foiz);
- Sinan Og‘anga – 15 ta ovoz (2,3 foiz).
Ispaniyada Qilichdoro‘g‘li juda katta ustunlikka erisha olgan. Uni Ispaniyadagi turklardan ovoz berganlarning 82 foizi qo‘llagan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 565 ta ovoz (16 foiz);
- Muharram Injega – 23 ta ovoz (0,6 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 2882 (82 foiz);
- Sinan Og‘anga – 42 ta ovoz (1,1 foiz).
Singapurda ham Erdo‘g‘an va Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida juda katta farq yuzaga kelgan. Qilichdoro‘g‘li umumiy berilgan 573 ta ovozdan 492 tasini o‘ziniki qilgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 61 ta ovoz (10,6 foiz);
- Muharram Injega – 6 ta ovoz (1 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 492 (85,8 foiz);
- Sinan Og‘anga – 14 ta ovoz (2,4 foiz).
Irlandiyada yuqorida keltirilganlar ichida Estoniyadan keyingi eng yuqori natija qayd etilgan. Ya’ni Qilichdoro‘g‘li 86,7 foiz bilan Irlandiyada yashayotgan turklarning katta qismining ovozini yig‘gan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 353 ta ovoz (7,5 foiz);
- Muharram Injega – 73 ta ovoz (1,5 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 4069 (86,7 foiz);
- Sinan Og‘anga – 196 ta ovoz (4,1 foiz).
Isroilda Erdo‘g‘anni qo‘llovchilar roppa-rosa 25 foizni tashkil etgan. Qilichdoro‘g‘li bu yerda ham anchagina ko‘p farq balan Erdo‘g‘andan ustunlik qilgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 250 ta ovoz (25 foiz);
- Muharram Injega – 8 ta ovoz (0,8 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 629 (62,9 foiz);
- Sinan Og‘anga – 113 ta ovoz (11,9 foiz).
Nisbatan kamroq turkiyaliklar yashaydigan Yangi Zelandiyada Inje va Og‘an 3 tadan ovoz olgan. Erdo‘g‘anga 44 ta, Qilichdoro‘g‘liga 269 ta ovoz berilgan.
Shvetsiya asosiy saylanuvchilar o‘rtasidagi farq 10 foizdan ko‘proqni tashkil qilgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 5651 ta ovoz (43,9 foiz);
- Muharram Injega – 107 ta ovoz (0,8 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 6889 (53,6 foiz);
- Sinan Og‘anga – 201 ta ovoz (1,5 foiz).
60 mingga yaqin turkiyalik ovoz bergan Shveysariyada ham Qilichdoro‘g‘liga ko‘proq ovoz olgan.
- Rajab Toyib Erdo‘g‘anga – 24045 ta ovoz (40,3 foiz);
- Muharram Injega – 423 ta ovoz (0,7 foiz);
- Kamol Qilichdoro‘g‘liga – 34337 (57,5 foiz);
- Sinan Og‘anga – 811 ta ovoz (1,3 foiz).
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 may kuni Turkiyada o‘tkazilgan saylov byulletenlarining 100 foizi bugun, 15 mayda hisoblab natijalar e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 49,41 %, Kamol Qilichdoro‘g‘li 44,95 %, Sinan O‘g‘an esa 5,19 % ovoz olgan. Birinchi bosqichda nomzodlardan birining g‘alabasi uchun u kamida 50 % ovoz to‘plashi kerak. Demak, Turkiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turini o‘tkazish ehtimoli katta – bu joriy yilning 28 may kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.