Turkiya zilziladan jabrlanganlarga 1,6 milliard dollar ajratdi

Olam

image

Turkiya Markaziy banki zilzilalardan jabrlangan hududlar uchun 1,6 milliard dollarlik xayriya mablag‘i ajratadi. Ushbu mablag‘ mamlakatning 2022 yilgi byudjet daromadidan olinadi. Bu haqida bugun, 16 fevral kuni “Reuters” nashri Turkiya Markaziy bankidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, Markaziy bank mablag‘lari vayron bo‘lgan hududlarni qayta tiklash va jabrlanganlarni birinchi iste’mol tovarlari bilan ta’minlash uchun sarflanadi. Turkiya rasmiy banki ajratiladigan xayriya miqdorini 30 milliard lira (1,6 milliard dollar) etib belgilamoqda.

Turkiya markaziy bankining 2022 yilgi daromadi hali e’lon qilinmagan, ammo iqtisodchilar dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili 40-50 milliard lira foyda ko‘rilganini aytmoqda. Bank esa ushbu daromadning 70-75 foizini xayriya yo‘lida sarflamoqchi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyadagi halokatli zilzila qurbonlari 36 187 nafarga yetdi. Jarohatlanganlar soni esa 105 mingdan ortiqni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing