Turkiya va Suriyadagi zilzilalar: Omon qolish baxtiga muyassar bo‘lgan bolalar hikoyalari (video)
Olam
−
09 fevral 2023 18790 2 daqiqa
Joriy yilning 6 fevral kuni Turkiya va Suriya chegarasidagi G‘oziantep viloyatida ketma-ket zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila so‘nggi 100 yil ichida eng kuchli va halokatlilaridan biriga aylandi.
Hozirda Turkiya janubi-sharqidagi zilzila qurbonlari soni 14 mingdan oshdi. Suriyada esa 3000 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi. Zilzilada qutqarilganlar orasida yuzlab bolalar ham bor, ularning ko‘pchiligi bir necha kun vayronalar ostida qolgan.
Vayronalar ostida tug‘ilgan chaqaloq
Suriyada homilador ayol zilzila oqibatida qulagan bino vayronalari ostida qolib, bolani dunyoga keltirgan. Ammo uning o‘zi vafot etgan.
“Biz qazish paytida bir ovoz eshitdik. Biz kindigi onasiga bog‘langan bolani topdik, kesib oldik va amakivachcham bolani shifoxonaga olib ketdi”, deydi qizning qarindoshi Xalil al-Suvadiy.
Xabar qilinishicha, bola shifoxonaga og‘ir gipotermiya bilan olib kelingan – mitti qizchaning peshonasi va barmoqlari sovuqdan ko‘karib ketgan, shuningdek, uning butun tanasida bir nechta ko‘karishlar va jarohatlar bo‘lgan. Biroq uning ahvoli barqaror. Uning butun oilasi, yetti kishi – onasi, otasi va ularning bolalari vafot etgan.
72 soat vayronada qolgan 5 yoshli qizcha
Hatayda 5 yoshli Hazal Guner 72 soatdan keyin vayronalar ostidan qutqarildi. "Men suv ichmayman, hali ko‘rikdan o‘tmaganman" deydi Hazal qutqaruvchilarning undan suv xohlashini so‘raganda.
Ukasini 17 soat davomida himoya qilgan qizaloq
Ijtimoiy tarmoqlarda 7 yoshli suriyalik qiz zilziladan so‘ng vayronalar ostida ukasini himoya qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Qizaloq ushbu falokat ichida 17 soat davomida ukasi bilan birga jon saqladi.
“Meni bu yerdan olib ketinglar, men siz aytgan hamma narsani qilaman. Men sizning xizmatkoringiz bo‘laman”, deb shivirlagan qiz vayronalar ostida qolgan holda qutqaruvchilarga.
53 soat vayronalar ostida qolgan bir yoshli bola
8 fevral kuni Turkiyaning Shanliurfa shahrida qulagan besh qavatli bino vayronalari ostida 53 soat qolgan bir yoshli bola tirik holda topildi. Qutqaruvchilar va ko‘ngillilar vayronalar ostida ikki kun ovqat va suvsiz qolgan bolaning hamon nafas olayotganini mo‘’jiza deb atadi.
Bola shifoxonaga yotqizilgan. Uning ota-onasi qayerda ekani va ularning tirikligi haqida hech narsa ma’lum emas.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr