Turkiya va Gretsiya kelishib olishi kerak – NATO

Olam

image

Turkiya va Gretsiya Sharqiy O‘rta Yer dengizdagi hodisalar va to‘qnashuvlar xavfini kamaytirish uchun NATOda texnik maslahatlashuvlarni boshlashga kelishib oldilar. Bu haqda kecha, 3 sentyabr kuni NATO rahbari Yens Stoltenberg ma’lum qildi.  

"Yunoniston va Turkiya qimmatli ittifoqdoshlardir va NATO bizning umumiy xavfsizligimizga ta’sir qiladigan barcha masalalar bo‘yicha maslahatlashuv uchun muhim maydon vazifasingi bajaradi", deydi Stoltenberg yozma bayonotida. 

Ayni vaqtda Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi keskinlik ortib bormoqda. Ayniqsa, Sharqiy O‘rta Yer dengizidan turklarning gaz topishi va qidiruv ishlari davomida Gretsiyaning dengiz chegaralariga kirib borishi 100 yillik tortishuvlarni chinakam janjalga aylantirmoqda. NATO rahbari bunga munosabat bildirarkan, shunday deydi: 

"Men keskinlikni NATOning birdamligi ruhida hal qilishga erishish uchun barcha manfaatdor ittifoqchilar bilan yaqin aloqadaman".

Joriy yilning 9 iyun kuni Gretsiya va Italiya Ion dengizidagi ikki mamlakat o‘rtasida eksklyuziv iqtisodiy zonalarni delimitatsiya qilish to‘g‘risida bitim imzoladilar. 6 avgust kuni Gretsiya va Misr Tashqi ishlar vazirlari O‘rta Yer dengizidagi zonalarni belgilash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Ushbu ikki kelishuv allaqachon Gretsiya Parlamenti tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, Afina kelajakda Kipr, Liviya va iloji bo‘lsa, Turkiya bilan ham shu kabi shartnomalarni tuzishni rejalashtirmoqda. 26 avgust kuni Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis Parlamentda "zudlik bilan qonun loyihasining kiritilishi bilan Gretsiya Ion dengizida o‘z hududiy suvlarini g‘arbga qarab 6 dan 12 dengiz miligacha kengaytiradi", deb e’lon qildi. Mitsotakisning so‘zlariga ko‘ra, bu Yunonistonning Ionian orollaridan Peloponnesdagi Tenaron burniga qadar bo‘lgan hududga tegishli. Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias allaqachon Italiya va Albaniyadagi hamkasblariga Gretsiyaning qarori to‘g‘risida xabar bergan. 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay 29 avgust kuni Gretsiya Egey dengizidagi hududiy suvlarini 12 dengiz miligacha kengaytirsa, urush bilan tahdid qildi. Anqara, shuningdek, Yunoniston-Misr kelishuvini tan olmasligini va seysmik tadqiqotlar olib boradigan harbiy kemalar guruhi bilan birga “Oruch Reis” tadqiqot kemasini Kastelorizodan Yunonistonning offshor rafidan jo‘natganini aytdi. O‘z navbatida, Gretsiya o‘z qurolli kuchlarini shay holatga keltirdi va o‘z suveren huquqlarini himoya qilishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Yens Stoltenberg Turkiya-Gretsiya Sharqiy O'rta Er dengizi

Baholaganlar

33

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing