Turkiya va Gretsiya “qirpichoq” bo‘lmaslik uchun muzokaralarni boshladi

Olam

image
Turkiya va Gretsiya mojarosiga Merkel aralashdi north_east

Turkiya va Gretsiya mojarosiga Merkel aralashdi

Turkiya va Gretsiya Sharqiy O‘rta Yer dengizida harbiy qarama-qarshilikning oldini olish mexanizmini muhokama qilmoqda. Muzokaralar ikki mamlakat harbiy delegatsiyalari darajasida bo‘lib, texnik xususiyatga ega. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Stoltenberg, Afina ilgari alyansning Turkiya bilan muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi kelishuv to‘g‘risidagi bayonotini rad etganini esladi. 

“Ikki mamlakat rahbarlari bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Turkiya va Gretsiya ishchi guruhlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga qaror qilindi. Texnik munozaralar allaqachon boshlangan. Muloqotning maqsadi harbiy qarama-qarshiliklarning oldini olish mexanizmini shakllantirishdir”, deydi Stoltenberg. U hozircha kelishuvga erishilmaganini ta’kidladi. 

"Bular qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar emas, balki Germaniyaning Turkiya va Gretsiya o‘rtasida siyosiy kelishuvga erishish uchun vositachilik harakatlariga hissa qo‘shishga qaratilgan aniq texnik munozaralardir", deydi NATO bosh kotibi.

Aslini olganda Gretsiya va Turkiya o‘rtasidagi ziddiyatlar Usmoniylarp hukmronligi davriga borib taqaladi. Ayni vaqtda rasmiy Afinaga ko‘ra, Turkiyaning neft va gazga nisbatan nafsi hakalak otgan va yangi zaxiralarni qidirib, Gretsiya orollariga tegishli hududlarga daxl qilmoqda. 

Mojaroga Yevropa, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari ham qo‘shilmoqda. Yevropa Ittifoqi Turkiyani hududdan kemalarini olib chiqib ketishga chaqirmoqda. Yo‘qsa, Turkiyaga iqtisodi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. 

Yevropa Ittifoqi O‘rta Yer dengizi sharqidagi vaziyatga munosabatini o‘zgartirmadi va muloqotni mintaqadagi eskalatsiyani kamaytirishning yagona usuli deb bilmoqda. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot kotibi Piter Stano Bryusselda o‘tkazilgan kundalik brifingda aytib o‘tdi. 

"Bir tomonlama qadamlar, tahdidlar va bayonotlar o‘rniga, nihoyat O‘rta Yer dengizi sharqida kuchayib borayotgan keskinlikni kamaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladik", deydi Stano.  

Stano, Yevropa Ittifoqi bir necha bor Yunoniston va Kiprning yunon hamjamiyati bilan birdamligini bildirganini esladi. 

“Oldinga siljishning yagona yo‘li bu dialog va muzokaralar. Faqat bu hal qilishga, keskinlikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Biz buni ko‘rishni xohlaymiz”, deya qo‘shimcha qiladi Stano.

Joriy yilning 9 iyun kuni Gretsiya va Italiya Ion dengizidagi ikki mamlakat o‘rtasida eksklyuziv iqtisodiy zonalarni delimitatsiya qilish to‘g‘risida bitim imzoladilar. 6 avgust kuni Gretsiya va Misr Tashqi ishlar vazirlari O‘rta Yer dengizidagi zonalarni belgilash to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Ushbu ikki kelishuv allaqachon Gretsiya Parlamenti tomonidan tasdiqlangan. Shuningdek, Afina kelajakda Kipr, Liviya va iloji bo‘lsa, Turkiya bilan ham shu kabi shartnomalarni tuzishni rejalashtirmoqda. 26 avgust kuni Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis Parlamentda "zudlik bilan qonun loyihasining kiritilishi bilan Gretsiya Ion dengizida o‘z hududiy suvlarini g‘arbga qarab 6 dan 12 dengiz miligacha kengaytiradi", deb e’lon qildi. Mitsotakisning so‘zlariga ko‘ra, bu Yunonistonning Ionian orollaridan Peloponnesdagi Tenaron burniga qadar bo‘lgan hududga tegishli. Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Tashqi ishlar vaziri Nikos Dendias allaqachon Italiya va Albaniyadagi hamkasblariga Gretsiyaning qarori to‘g‘risida xabar bergan. 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay 29 avgust kuni Gretsiya Egey dengizidagi hududiy suvlarini 12 dengiz miligacha kengaytirsa, urush bilan tahdid qildi. Anqara, shuningdek, Yunoniston-Misr kelishuvini tan olmasligini va seysmik tadqiqotlar olib boradigan harbiy kemalar guruhi bilan birga “Oruch Reis” tadqiqot kemasini Kastelorizodan Yunonistonning offshor rafidan jo‘natganini aytdi. O‘z navbatida, Gretsiya o‘z qurolli kuchlarini shay holatga keltirdi va o‘z suveren huquqlarini himoya qilishini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO O'rta er dengizi Turkiya-Gretsiya

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing